Donald Tramp bugun ishga chiqmaydi
![Donald Tramp bugun ishga chiqmaydi](https://static.xabaruz.com/crop/8/9/720_460_95_897136775.jpg)
AQSh prezidenti Donald Tramp bugun o‘zining tug‘ilgani kuni munosabati bilan ishga chiqmaydi. Bu Oq uy jadvali bilan tasdiqlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Prezidentning tug‘ilgan kunini ommaviy nishonlash rejalashtirilmagan», – deyiladi jadvalda.
Tramp Singapurda Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazib, Amerikaga qaytib kelgach, chorshanba kuni dam olgan edi.
Bugun, 14-iyun kuni Tramp 72 yoshga to‘ldi. Tramp AQSh prezidenti lavozimiga saylanganida 70 yoshda edi. U bugun Amerika rahbari sifatida ikkinchi tug‘ilgan kunini nishonlayapti.
Donald Tramp 1946-yil 14-iyun kuni Nyu-York shahrining Kuins okrugida tavallud topgan.
Tram tug‘ilgan kunini qanday nishonlashi to‘g‘risida Oq uy xabar bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter