Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp «bironta ijtimoiy tarmoqda yo‘qligi»ni e’lon qildi

Donald Tramp «bironta ijtimoiy tarmoqda yo‘qligi»ni e’lon qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp uning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari yo‘qligini aytdi. Unda na rasmiy, na shaxsiy sahifalar mavjud.

Tramp Parler, GETTR, Gab kabi platformalarda ham yo‘qligini ta’kidlagan. Siyosatchi platformani tanlaganida yoki o‘z dasturini ishlab chiqqanda, albatta buni jamoatchilikka e’lon qilishini ma’lum qilgan.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda Tramp nomi ostida ko‘plab sahifalar mavjud. Ammo ularning hech biri haqiqiy foydalanuvchi belgisi bilan tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Trampning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari shu yilning yanvarida bloklangan yoki o‘chirilgan edi.

Sobiq prezident bu harakatlar uning g‘azabini qo‘zg‘aganligini takidlagandi. Bu 6 yanvar kuni Tramp tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirgani tufayli sodir bo‘ldi. Vakillar Palatasi Trampga impichment e’lon qildi, ammo Senat uni boshqa respublikachilar ovozi bilan oqlagandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring