Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dmitriy Medvedev NATOga tahdid qildi

Dmitriy Medvedev NATOga tahdid qildi

Agar NATO Ukrainani Patriot komplekslari bilan ta’minlasa, ular Rossiya qurolli kuchlarining nishoniga aylanadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida yozdi.

«Agar NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg sha’ma qilganidek, alyans Ukrainani Patriot komplekslari bilan ta’minlasa, ular Qurolli kuchlarimizning nishoniga aylanadi», – deydi Medvedev.

Shuningdek, Medvedev NATO ortiq dunyoga kerak emasligini, u insoniyat oldida tavba qilish va yo‘q qilinishi kerakligini aytgan.

«Sivilizatsiyalashgan dunyo bu tashkilotga muhtoj emas. U insoniyat oldida tavba qilishi va jinoiy tashkilot sifatida yo‘q qilinishi kerak».

Ma’lumot uchun, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansi vakillari Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilayotganini ma’lum qilgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyevga doimiy ravishda qurol yetkazib berish Ukrainada tinchlikka erishishning yagona yo‘li.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring