Namoyishchilar Isroilda muddatidan oldin saylov o‘tkazishni talab qilishdi
Tel-Avivda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish va G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish talabi bilan hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Noqonuniy mitingni tarqatish uchun politsiya suv purkagichlardan foydalangan va otliq bo‘linmalarni ishga solgan.
Shahar markazida minglab odamlar hukumat binolari oldida haftalik miting o‘tkazish uchun to‘planishdi. Politsiya tomonidan ruxsat berilgan namoyish tugagach, yuzlab faollar harakatlanishda davom etishgan va kuchishlatar bo‘linmalar Tel-Avivning markaziy magistraliga namoyishchilar chiqib ketmasligi uchun to‘siqlar o‘rnatgan.
Huquq-tartibot xodimlari namoyishchilarni tarqalishga chaqirdi, biroq olomon quloq solmadi va shundan keyin politsiya kuch ishlatishga kirishdi.
Ayni vaqtda 10 nafar namoyishchi jamoat tartibini buzganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter