Davos forumi: Tramp ortidan Makronda ham uzrli sabab chiqib qoldi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Davosdagi Jahon iqtisodiy forumiga bormaslikka qaror qildi.
Makronning bormaslikka uzrli sabablari bor. Jumladan, xabar berilishicha, u «sariq nimchalilar» namoyishidan xavotirda, vaziyatni mamlakatda turib nazorat qilish niyatida.
Ta’kidlash kerakki, yaqinda Demokratlar partiyasi bilan san-manga borib qolgan AQSh prezidenti Donald Tramp ham Davosga kela olmasligini bildirgandi.
Because of the Democrats intransigence on Border Security and the great importance of Safety for our Nation, I am respectfully cancelling my very important trip to Davos, Switzerland for the World Economic Forum. My warmest regards and apologies to the @WEF!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 10 yanvarya 2019 g.
«Chegaradagi xavfsizlik masalasida demokratlar bilan murosaga kelinmagani va xalqimiz uchun xavfsizlikni ta’minlashning juda muhimligini inobatga olib, Davosga, Shveysariyadagi Jahon iqtisodiy forumiga juda muhim tashrifimni bekor qilishimni hurmat bilan bildiraman», — deb yozdi Tramp «Twitter»da.
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi 2019-yilning 22 — 25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter