Dahshatli qotilliklarni sodir etgan hamshiraga hukm o‘qildi
Manchester sudi hamshira Lyusi Letbini yetti nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirish va yana olti nafar chaqaloqni o‘ldirishga urinishda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
18-avgust kuni hakamlar hay’ati ayolni qotillikda va Chester kasalxonasida 13 chaqaloqni o‘ldirishga urinishda aybdor deb topgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat 2015-yilning iyunidan 2016-yilning iyuniga qadar sodir bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Letbi boshqa qotilliklarga ham aloqador bo‘lishi mumkin. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Chester va Liverpul kasalxonalarining neonatal bo‘limlarida to‘rt mingga yaqin bola bilan bog‘liq ma’lumotlarni tekshirmoqda.
Ommaviy axborot vositalari Letbini zamonaviy Britaniya tarixidagi eng dahshatli bolalar qotili deb atadi. Kechasi ishlagan yosh ayol o‘ldirishning turli usullarini qo‘llagan: havo bilan to‘ldirilgan shpritslar, insulin va ortiqcha ovqatlantirish. Sobiq hamshiraning kvartirasida ular jinoyatni tasdiqlovchi kundaliklarni ham topdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter