COVID-19: Turkiya o‘z vaksinasini klinik sinovdan o‘tkazishni boshladi

Turkiyada koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini klinik sinovdan o‘tkazishning birinchi bosqichi boshlandi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.
«Bugun Turkiyada koronavirusga qarshi mahalliy vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi. Vaksina klinik sinovlarining birinchi bosqichi Erdiyes universitetida (Kayseri shahrida) o‘tkazilmoqda», — deya ma’lum qildi Koja jurnalistlarga.
Avvalroq Koja koronavirus pandemiyasi Turkiyada ikkinchi cho‘qqisiga yetganini e’lon qilgandi. Chorshanba kuni koronavirusga chalinganlar soni 2391 kishini tashkil etdi. Bu aprelning oxiridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter