Nigeriya shimoli-g‘arbidagi qurolli hujumlar qurbonlari soni 45 kishiga yetdi
Nigeriya shimoli-g‘arbidagi Sokoto shtati aholisiga uyushtirilgan qurolli hujumda kamida 45 kishi halok bo‘ldi.
Shtat gubernatori Aminu Vaziri Tambuvalaning so‘zlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar 14-15-noyabr kunlari Gorono va Illele shaharlarida o‘t ochishgan.
Mahalliy aholining ayrim uylari yonib ketgan.
Shtatga qo‘shimcha armiya va politsiya kuchlari yuborildi, komendantlik soati e’lon qilindi.
Dastlab 29 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter