«China Telecom» osmono‘par binosi yong‘inida yuzlab odam qolib ketgan bo‘lishi mumkin (video)
Bugun, 16-sentyabr kuni Xitoyning Changsha shahrida (Markaziy Xitoy) mamlakatning eng yirik aloqa operatori — «China Telecom»ning osmono‘par binosini kuchli yong‘in qamrab oldi.
Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, alanga qisqa vaqt ichida o‘ndan ortiq qavatni qamrab olgan. Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida boshlangan va binoning yuqori qavatlariga qarab tarqala boshlagan.
Binoda ishlayotgan xodimlar ichkaridan tasvirga olib, tarqatishga ulgurishgan. 20 daqiqada bino butunlay yonib ketganini xabar qilinmoqda.
Voqea joyiga tezda 300 nafarga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 36 ta maxsus texnika yetib borgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar bino fasadidagi alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bu binoda 35 tonna server yoqilg‘isi saqlangan va qurbonlar soni yuzlab kishini tashkil qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Ushbu bino 2000 yilda qurilgan bo‘lib, o‘sha paytda shahardagi eng osmono‘par inshoot bo‘lgan. 42 qavatli binoning balandligi 218 metrga yetadi.
Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter