Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilida zaharli bulut tufayli 300 kishi jabrlandi

Chilida zaharli bulut tufayli 300 kishi jabrlandi

Foto: «RIA Novosti»

Chilining Kintero va Puchunkavi kommunalarida zaharli bulut tufayli jabrlanganlar soni 300 kishi yetdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

O‘tgan hafta yuzdan ziyod kishi bulutdan zaharlanib, tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan edi. Favqulodda ekologik vaziyat tufayli kommuna hududida xavfning «sariq» darajasi e’lon qilindi. Maktablarda mashg‘ulotlar to‘xtatilgan.

«Ayni paytda 301 kishi bulutdan zaharlanish tashxisi bilan ro‘yxatga olingan. Kecha ertalab 290 zaharlangan edi. Ular safiga yana 11 kishi qo‘shildi», – degan Kintero kommunasi boshlig‘i Valparaiso Xorxe Martines.

Avvalroq Chili prezidenti Sebastyan Pinerahukumat bulutning kelib chiqish sabablarini izlayotganini ma’lum qilgan edi.

Kecha, 28 avgust kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Martines hududdagi ishlab chiqarish kompaniyalarida tekshiruv o‘tkazilganini ma’lum qildi. Tekshiruv natijasida davlatning «Empresa Nacional del Petroleo» (ENAP)  neft kompaniyasi atmosferaga zararli chiqindilarni chiqargani aniqlangan. Martinesning qo‘shimcha qilishicha, tekshiruvlar davom ettiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring