Chilida universitetga o‘t qo‘yganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi
Politsiya Chilining Santyago shahrida joylashgan Pedro de Valdiviya nomli universitetni yoqib yuborganlikda gumon qilinayotgan kishini hibsga oldi. Bu haqda «Regnum» xabar berdi.
«BioBioChile» gazetasining yozishicha, politsiyachilar universitet tomonidan taqdim etilgan kuzatuv kameralari yozuvining sharofati bilan o‘t qo‘yishda gumondor shaxsni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Shahar meri Felipe Gevaraning so‘zlariga ko‘ra, gulxanni bir nechta kishi yoqqan bo‘lishi mumkin. Uning xabar berishicha, kapyushondagi bir nechta odam universitet binosiga bostirib kirgan, talon-taroj qilgandan so‘ng o‘t qo‘yishgan.
«24 Horas» telekanaliga ko‘ra, bino butunlay alanga ichida qolgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga yong‘inni o‘chirish xizmati tezda yetib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter