Chilida 1 million odam namoyishga chiqdi
Chili poytaxti Santyago shahri ko‘chalariga davlat siyosatidan norozi ekanligini bildirish uchun 1 millionga yaqin odam to‘plandi, deya xabar bermoqda Bio-Bio radiosi.
Namoyish qatnashchilari shahar markazidagi Bakedano maydonida yig‘ilib, hammasini tinch yo‘l bilan hal qilish niyatida edilar, biroq odamlarning bir guruhi yaqin atrofdagi metro stansiyalarining biri oldida yong‘in chiqarishga uringan.
Chililiklar mamlakatda favqulotda vaziyatni bekor qilib, ko‘chalardagi harbiylarni chaqirib olishni hukumatdan talab qilmoqda. Undan tashqari, ijtimoiy tengsizlik va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga norozilik bildirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter