Chili prezidenti niqob taqmagani uchun o‘zini jazolashlarini so‘radi
Chili prezidenti Sebastyan Pinera jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgani uchun qariyb 3,5 ming dollar jarima to‘laydi, xabar bermoqda sog‘liqni saqlash vazirligining Valparaiso hududiy bo‘linmasi.
Eng qizig‘i, niqob taqmay qoidabuzarlik qilganini janob prezident Pineraning shaxsan o‘zi ma’lum qilgan — shaxsiy himoya vositalarisiz 5-dekabr kuni plyajga borgan ekan. Aytishicha, suv bo‘yida yolg‘iz sayr qilib yurgan, keyin, uni tanib qolib, birin-ketin odamlar yig‘ilishni boshlagan, epidemiologik talablarda ko‘rsatilganidan ham yaqinroq kelib, birga suratga tushishni xohlashgan.
Chili plyajlarida niqobsiz yurish mumkin, faqat oraliq masofa ikki metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
⚠️ COMUNICADO DE PRENSA pic.twitter.com/udQwI5IL0N
— Seremi de Salud Región Valparaíso (@SaludSsrv) December 18, 2020
«Sog‘liqni saqlash vazirligining Valparaiso bo‘linmasi 5-dekabr, shanba kuni jamoat joyida niqob taqmay yurgani haqida o‘zining ustidan arz qilgan mamlakat prezidenti Sebastyan Pineraga nisbatan qaror chiqardi. Qaror 2 551 450 peso jarima to‘lashni ko‘zda tutadi», — deyiladi idora «Twitter»da bergan xabarda.
Ma’lumot uchun: 2 551 450 peso — 3,5 ming AQSh dollari atrofida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter