Chexiya prezidenti koronavirusga chalindi: u yaqinda davolanib chiqqandi
Chexiya Respublikasining 77 yoshli prezidenti Milosh Zemanda koronavirus aniqlandi. Shifokorlar qaroriga ko‘ra, siyosatchi Pragadagi Markaziy harbiy gospitalga qaytmoqda, deb xabar berdi Chexiya telekanali.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Zemanda kasallikning tashqi belgilari yo‘q, biroq shifokorlar uni shifoxonaga yotqizishni talab qilishgan. Chexiya prezidenti 10-oktyabrdan 25-noyabrgacha davolangan gospitalga qaytadi. Zeman og‘ir surunkali xastalikdan davolanib, o‘zi talab qilgani bois, uyiga ruxsat berilgan. Bir necha kun oldin siyosatchi COVID-19 vaksinasining uchinchi dozasini qabul qilgandi.
Juma kuni Zeman o‘zining Praga yaqinidagi Lani shahridagi qarorgohida mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan «Birgalikda» partiya koalitsiyasining rahbari, o‘ng qanot liberal Fuqarolik-demokratik partiyasi raisi Petr Fialanni Chexiya Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlash marosimini o‘tkazishi kerak edi.
Joriy yil 6-noyabr kuni Chexiya prezidenti og‘ir dardga uchragani haqida xabar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter