IShID Chechenistonda cherkovga hujum uyushtirdi
Chechenistonning Grozniy shahridagi Aziziy Mikoil cherkoviga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchi guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Qurolli hujum oqibatida 2 nafar politsiyachi, 4 nafar jangari va aholidan bir kishi halok bo‘ldi.
«Xudkushlarning 2 nafari Grozniy shahri yaqinidagi Geldagan qishlog‘ida yashar edi. Ularning boshlig‘i qo‘shni respublikadan. Terrorchilarga cherkovni portlatish buyrug‘i g‘arb davlatlaridan kelgani haqida ma’lumotlar bor», – degan Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter