Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chayonlar odamlardan qasos olishni boshladi — Misr

Chayonlar odamlardan qasos olishni boshladi — Misr

Foto: «Greenpost.ua»

Shanba kuni Misr janubidagi Asuan provinsiyasida chayon chaqishi oqibatida 500 dan ortiq odam jabrlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Xolid Abd al-G‘affor ma’lum qildi.

Shanba kuni Asvandagi ushbu kengliklarda juda kam uchraydigan jala va do‘l yog‘ib, beshta uy vayron bo‘lgan. Tabiiy ofat mamlakatning boshqa bir qator janubiy viloyatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining izohlashicha, yog‘ingarchilik tufayli chayon uyalari zarar ko‘rgan va shu sababli hayvonlar inlarni tashlab, odamlar yashaydigan joylarga yaqinlashishgan.

«Asuanda 503 nafar fuqaro chayon chaqishiga qarshi ziddizahar oldi... Chayon chaqishi oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q», — deya xabar berdi RIA Novosti agentligi.

Chayon chaqib olgan barcha fuqarolar allaqachon shifoxonalardan uylariga ketishga ruxsat berilgan.

Vazirning ishontirishicha, chayon va ilon chaqishiga qarshi dori vositalarining strategik zaxirasi mamlakatdagi barcha shifoxonalarda yetarli, masalan, Asuan viloyatidagi shifoxonalarda hozirda 3350 doza bor.

Xavfli ob-havo sharoitlariga qarshi kurashish rejasi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarga yordam berish uchun 2000 dan ortiq tez tibbiy yordam va 48 ta yo‘ltanlamas avtomobili hozirlab qo‘yilgan.

Vazirlik fuqarolarni chayon chaqqanidan keyin darhol shifokorga murojaat qilishga chaqirdi. Alomatlar orasida chaqqan joyda kuchli og‘riq, zaharlanishga o‘xshash alomatlar: isitma, qusish, diareya va boshqalar bor.

Ba’zi OAV xodimlarining aytishicha, chayonlar iqlim o‘zgarishi natijasida kelib chiqqan tabiiy ofatlarda odamlarni ayblamoqda. Shu sababli ulardan o‘ch olishga qaror qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring