Charlz III ga toj kiydirish marosimi sanasi rasman e’lon qilindi

Britaniya qiroli Charlz IIIga toj kiydirish marosimi 2023-yilning 6-mayida o‘tkaziladi. Bu haqda rasman e’lon qilindi.
Marosimni Vestminster abbatligida Kenterberiy arxiyepiskopi o‘tkazadi. Charlzning rafiqasi Kamillaga ham shu kuni toj kiydiriladi. U konsort-qirolicha maqomiga ega bo‘ladi.
73 yoshli Charlzning onasi qirolicha Yelizaveta II shu yilning 8-sentyabrida 96 yoshida vafot etgan edi. U jahon tarixida taxtda eng uzoq muddat o‘tirgan (70 yil) qirolicha bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter