Chala tug‘ilgan bola Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi (foto)
Jahon bo‘yicha vaqtidan eng erta tug‘ilgan bola birinchi tug‘ilgan kunini nishonladi. U homiladorlikning to‘rtinchi oyida bu yorug‘ olamga kelgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Richard Skott Uilyam Xatchinson Amerikaning Minneapolis shahrida tug‘ilgan kunidan 131 kun oldin dunyoga keldi. Tug‘ilganida uning vazni bor-yo‘g‘i 337 grammni tashkil qilgan.
Shifokorlar uning tirik qolish imkoniyatini deyarli nolga baholashgandi, biroq tug‘ilganidan olti oy o‘tgach, shifoxonadan uyiga olib ketishlariga ruxsat berishdi.
Richard belgilangan vaqtidan ancha erta tug‘ilib, yashab ketgan chaqaloq sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter