Buyuk Britaniya va Turkiya o‘rtasida yirik bitim imzolandi
London va Anqara o‘rtasida Turkiyada ekologik toza temir yo‘l qurishni moliyalashtirish bo‘yicha yirik bitim imzolandi, deb xabar berdi «Reuters».
Turkiya g‘arbida, poytaxt Anqara va port shahri Izmirni bog‘lovchi 503 kilometrli tezyurar temir yo‘l quriladi. Bitim umumiy qiymati 2,1 mlrd yevro ($2,3 mlrd) bo‘lib, britan va turk tadbirkorlari o‘rtasida tegishli shartnomalar tuziladi.
Loyihaga Britaniyaning eksportni moliyalashtirish vazirligi kredit ajratmoqda.
Britaniyaning xalqaro savdo vaziri Ann-Mari Trevelyan Turkiya Buyuk Britaniya uchun «hayotiy muhim savdo hamkor hisoblanishi»ni ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter