Buyuk Britaniyada noma’lum odamlar bir necha yuz yillik «Robin Gud daraxti»ni kesib tashlashdi
Buyuk Britaniyada noma’lum shaxslar mamlakatdagi eng mashhur Robin Gud daraxtini kesib tashlashdi. Bu haqda Nortumberlend milliy bog‘i 28-sentyabr, payshanba kuni o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda fontanka.ru.
«Afsuski, mashhur daraxt... tunda qulab tushdi. Bu atayin kesilgan deb taxmin qilishimizga asosimiz bor», – deyishmoqda milliy bog‘ xodimlari.
Daraxtning yoshi bir necha yuz yilga teng. U 1991-yilda «Robin Gud: O‘g‘rilar shahzodasi» filmida suratga olinganidan keyin mashhur bo‘ldi. Afsonaga ko‘ra, deb yozadi RIA yangiliklari, Robin Gudning uyasi Shervud o‘rmonidagi eman daraxtlaridan birida joylashgan edi, ammo suratga olish uchun ular Angliya shimolidagi milliy bog‘dagi chinordan foydalanishgan. Ushbu chinor 2016-yilda Angliyada «Yil daraxti» unvonini oldi.
Politsiya «qasddan vandalizm harakati» bo‘yicha tergov boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter