Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Eron xalqi yangi prezidentni saylamoqda

Bugun Eron xalqi yangi prezidentni saylamoqda

Foto: Vahid Salemi/AP

Bugun, 28 iyun kuni Eronda prezident saylovi o‘tkazilmoqda, saylov uchastkalari soat 07:00 dan ochildi.

Saylov shtabi vakili Muhsin Islomiyga ko‘ra, saylov uchaskalari soat 17:00 da yopiladi, biroq agar zarur bo‘lsa, ularning ish soati uzaytiriladi. Uchastkalarda xavfsizlikni ta’minlash uchun 180 ming nafar politsiya xodimi jalb qilingan.

Eron prezidenti bo‘lish uchun kurash Muhammad Boqir Qolibof (parlament spikeri), Said Jaliliy (diniy rahnamoning mamlakat xavfsizlik kengashidagi vakili), Mustafo Purmuhamammadiy (ichki ishlar va adliya vazirliklarining sobiq rahbari) hamda Mas’ud Pezeshkiyon (sobiq sog‘liqni saqlash vaziri) o‘rtasida kechmoqda.

Saylovga oz qolganida Tehron shahri hokimi Alirizo Zakoniy o‘z nomzodini qaytarib oldi. U nomdor konservator siyosatchilar Jaliliy va G‘olibof o‘z kuchlarini islohotchi Pezeshkiyonga qarshi birlashtirishini istab shu yo‘lni tutgan.

Ibrohim Raisiy vertolyot halokatida qurbon bo‘lganidan so‘ng, Eronda prezident saylovi navbatdan tashqari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring