Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Avstraliya tarixidagi eng qaynoq kun bo‘ldi

Bugun Avstraliya tarixidagi eng qaynoq kun bo‘ldi

Foto: «Atr.ua»

O‘rmon yong‘inlaridan tinkasi qurigan Avstraliyada bugun, 18-dekabrda butun meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq kun kuzatildi. «Euronews» xabariga ko‘ra, havo harorati Selsiy bo‘yicha o‘rtacha +40,9 darajani tashkil etgan.

Meteorolog Din Narramorning aytishicha, oldingi rekord 2013-yil 7-yanvaridan beri saqlanib turgandi. Eng xavotirli jihati, havo tafti yaqin kunlarda yanada oshishi ehtimoli bor. Mamlakatning ayrim hududlarida havo 40 darajagacha, boshqa bir joylarida esa 45 darajagacha maksimumga yetgan.

Jazirama havo odamlar uchun ham, hayvonlar uchun ham birdek xavfli. Jazirama namlikning kamligi va kuchli shamol bilan birga kechmoqda. Meteorologlarning ta’kidlashlaricha, intihosiga yetib borayotgan 2019-yil Avstraliya uchun oxirgi yuz yillikdagi eng qurg‘oqchil yil bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring