Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu to‘rtinchisi! Braziliya prezidenti pandemiya davrida SSV rahbarlarini qo‘lqopdek almashtiryapti

Bu to‘rtinchisi! Braziliya prezidenti pandemiya davrida SSV rahbarlarini qo‘lqopdek almashtiryapti

Marselu Keyroga.

Foto: «Jornal da Record - R7»

Kecha, 15-mart kuni Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru mamlakat kardiologlari jamiyati prezidenti, doktor Marselu Keyrogani sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinladi.

Doktor Keyroga SSVning sobiq rahbari, general (!) Eduardu Pazuelluning o‘rnini egallaydi.

«Bugun kunduzi Marselu Keyrogani tayinlash qaroriga kelindi. Uni bir necha yillardan beri taniyman... Yaxshi ishlash, Pazuelluning ishlarini davom ettirish uchun kerakli barcha fazilatlarga ega», — ta’kidladi Bolsonaru.

Keyroga — Braziliyada COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri tayinlangan to‘rtinchi sog‘liqni saqlash vaziri.


Mavzuga oid: «Grippning kichkinasi». Braziliya prezidenti sog‘liqni saqlash vazirini ishdan bo‘shatdi


Mamlakat pandemiyaning eng og‘ir damlarini boshdan o‘tkazayotgan bir pallada eng mas’uliyatli lavozim Keyrogaga topshirildi. Dushanba kungi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda pandemiya davrida koronavirus bilan kasallanganlar soni 11,5 mln. kishiga yetdi. Virus qurbonlari soni 280 ming nafarga yetgan. Kasalxonalar to‘lib-toshgan, Braziliyadagi 26 shtatdan 22 tasida intensiv terapiya bo‘limlari to‘lishga yaqin.

Lavozimidan olingan Pazuellu tibbiyot mutaxassisi emas, harbiy. So‘nggi haftalarda mamlakat pandemiyaga qarshi munosib kurasha olmayotganida asosan uni ayblashayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring