Britaniyalik qo‘shiqdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
Buyuk Britaniyada 55 yoshli erkak «miyasida qamalib qolgan qo‘shiq»dan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Daily Star» xabar berdi.
Janubiy uelslik Entoni Ueyn Uolters uzoq vaqt ruhiy zo‘riqish azobini chekib kelgan, nevroz, uyqusizlik unga tin bermagan.
Hammasiga sabab — tasodifan qulog‘iga chalinib qolgan qo‘shiq. Miyasiga joylashib olgan tarona kunlar o‘tsa hamki tinmay, Uoltersning uyqusini buzavergan. Oxir-oqibat Uolters la’nati qo‘shiqdan faqat o‘lib qutulish mumkin degan qarorga kelgan. O‘limoldi xatida depressiya, uyqusizlikdan qanday qiynalgani, qo‘shiq uni «o‘ldirganini» yozib qoldirgan.
Uolters o‘z joniga qasd qilganini politsiya tekshiruvlari ham tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter