Britaniyalik o‘quvchilar ataylab yo‘talgani uchun jazolanadi
Buyuk Britaniyada o‘quvchilar uchun jo‘rttaga yo‘talish va koronavirus haqida hazil qilishni taqiqlovchi yangi yurish-turish qoidalari joriy etildi, deb yozadi «Daily Mail».
Nashr yangidan-yangi g‘alati qoidalarni joriy etgan o‘quv muassasalarini misol tariqasida keltirgan. Mana, masalan, Gasting maktabida «ataylab va yomon niyatda» yo‘talish yoki aksirish, pandemiya haqida hazil-mutoyiba qilish va boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lish taqiqlanadi. Londondagi yana bir o‘quv muassasasida «jo‘rttaga yo‘talganlik» uchun, hatto, maktabdan haydalish ham hech gap emas.
Bundan tashqari, o‘quvchilar hojatxonaga borishda yangi qoidalarga moslashishiga to‘g‘ri keladi. Derbidagi maktablardan birida har bir sinf uchun alohida hojatxona ajratilgan. «Begona»larning hojatxonasiga borish jiddiy ayb hisoblanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 25 milliondan ortiq koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, 846 mingdan ortiq kishi vafot etdi.
Buyuk Britaniyada taxminan 334 ming kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bo‘lib, 41 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter