Britaniyada «O‘liklar oroli»ga borish taqiqlab qo‘yildi
Britaniyada odam qoldiqlari bilan qoplangan «O‘liklar oroli»ga borish taqiqlab qo‘yildi, deya xabar berdi «Moskva 24».
Bundan 200 yil muqaddam Avstraliyaga ketayotgan turma kemalari bortida vafot etgan jinoyatchilar u yerga dafn etilgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng tuproq yuzasi yuvilib ketgan va odamlar qoldiqlari tashqariga chiqib qolgan.
Yaqinda «BBC Inside Out» dasturining suratga oluvchilar guruhi orolda bo‘lib qaytishgan. Ekspeditsiya ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, orol shu darajada dahshatli ko‘rinish olganki, go‘yoki qo‘rqinchli filmlar dekoratsiyasiga o‘xshab qolgan.
Hozir orol «Natural England» tashkilotiga tegishli. U qo‘riqlanadigan hudud hisoblanadi, chunki u yerda qushlarning noyob turlari yashaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter