Olimlar ehtimoliy jahon urushi bo‘yicha xavotirli xulosa berishdi
Tarixchi mutaxassislar Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashriga ehtimoliy uchinchi jahon urushi ssenariysi haqida gapirib berishdi.
Ularning fikricha, birinchi navbatda davlatlar texnologiyadan foydalanadi: masalan, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi allaqachon an’anaviy qurol turlarini moliyalashtirishni qisqartirib, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va IT-sanoatning boshqa sohalarini rivojlantirishga e’tibor qaratishni boshlagan.
AQSh, Rossiya va Xitoy kabi qudratli davlatlar o‘z vaqtida aniqlash va zararsizlantirish qiyin bo‘lgan gipertovushli qurollardan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, davlatlar raqibni internet va aloqadan uzishga harakat qiladi.
Shuningdek, qarama-qarshi tomonlar transokean aloqa kanallarini yo‘q qilish va sun’iy yo‘ldoshlar yordamida kurash olib borishlari taxmin etiladi.
Avvalroq, NATO va Rossiya o‘rtasidagi keskinlik kuchayishi fonida Vladimir Putin Jo Baydenga ogohlantirish bilan chiqqani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter