Britaniya o‘z fuqarolarini Afg‘onistondan olib chiqish uchun havo kuchlaridan foydalanishi mumkin
Britaniya hukumati Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun harbiy havo kuchlaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda Britaniya mudofaa vazirligi xabar berdi.
«Afg‘onistondagi so‘nggi voqealar sababli Britaniya fuqarolarini mamlakatdan olib chiqishning ikkinchi bosqichini boshlashda muammo tug‘iladigan bo‘lsa, bosh vazir qirollik samolyotlaridan foydalanishga ruxsat berdi», deyiladi xabarda.
Evakuatsiya tadbiri Pitting deb nomlandi, unda 600 ta harbiy, 16-havo-hujum brigadasi qatnashadi. Bundan tashqari, evakuatsiyaga ko‘maklashish uchun ichki ishlar vazirligi ham jalb qilingan.
Joriy yil apreldan beri 2 mingdan ortiq britan diplomatlari oilasi bilan Afg‘onistondan chiqib ketgan. 2014 yildan beri bu ko‘rsatkich 3 mingtadan oshadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter