«Britan shtammi» ko‘proq o‘limga sabab bo‘lishi tasdiqlandi
«Twitter»da o‘tkazilgan matbuot anjumanida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning qirollikdagi mutatsiyasi oldingisidan ko‘proq o‘limga olib kelayotganini ta’kidladi.
Qo‘shma Qirollik hukumati maslahatchisi Patrik Vallansga ko‘ra, «britan shtammi»dan o‘lim holatlari COVID-19ning oldingisidan 30 foiz yuqori bo‘lishi mumkin.
Boris Jonson mamlakatda karantin yaqin o‘rtada tugamasligini ham ma’lum qildi. Chunki kasallikni yuqtirish holatlari hamon yuqoriligicha qolyapti.
Bosh vazir koronavirusning ushbu mutatsiyasiga qarshi «Pfizer» va «AstraZeneca» vaksinalari yaxshi samara berayotganini ham qo‘shimcha qildi.
Ayni paytda Buyuk Britaniyada koronavirusni yuqtirish holatlari 3,5 milliondan oshgan, vafot etganlar — salkam 96 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter