Mashinasi bilan 200 metr jarlikka tushib ketgan braziliyalik futbolchi tirik qoldi
Braziliyaning «Kruzeyro» jamoasi yarim himoyachisi Enrike dahshatli YTHdan so‘ng tirik qoldi. Bu haqda «Globo Esporte» xabar berdi.
Futbolchi «Rola Moka» milliy bog‘i tevarak atrofida 200 metrli qoyadan jarlikka tushib ketdi. Braziliyalik sportchini qutqarish uchun 4 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 16 kishi jalb etildi. O‘yinchini shifoxonaga yetkazishdi. U yerda unga birorta ham jiddiy jarohat tashxisi qo‘yilmadi. Enrikening u yer-bu yeri salgina shilingan xolos.
Yarim himoyachi shok holatida bo‘lgani uchun avtohalokat sababi haqida hech nima deya olmagan. Hozir Enrike shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Enrike Braziliyaning A Seriyasi doirasida «Kruzeyro» safida 33 ta o‘yinda ishtirok etgan. Futbolchi biror marta ham darvozani ishg‘ol qilolmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter