Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyadagi ayanchli suv toshqinlarida 56 kishi halok bo‘ldi

Braziliyadagi ayanchli suv toshqinlarida 56 kishi halok bo‘ldi

Braziliyaning eng janubiy shtati Rio-Grande-du-Sulda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 56 kishi halok bo‘ldi. Yana 67 kishi bedarak yo‘qolgan deb ma’lumot berilgan. 

O‘tgan shanba kuni shtatda sodir bo‘lgan dovullardan so‘ng 25 mingga yaqin aholi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Kamida yarim million odam elektr va ichimlik suvisiz qoldi. Shtatdagi 497 ta shaharning yarmidan ko‘pi to‘fondan zarar ko‘rgan, bir qancha hududlarda yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘lgan.

Bo‘ronlar shuningdek, ko‘chkilarga va Bento Gonsalves shahri yaqinidagi gidroelektr to‘g‘onining qulashiga olib keldi, 30 kishi halok bo‘ldi. Bu hududdagi ikkinchi to‘g‘on ham suv sathining ko‘tarilishi tufayli qulash xavfi ostida qolmoqda.

Mintaqaning poytaxti Portu-Alegre shahrida Guayba daryosi qirg‘oqlaridan toshib, ko‘chalarni suv bosgan, ayrim mahallalar suv ostida qolgan. Porto-Alegri xalqaro aeroporti barcha reyslarni noma’lum muddatga to‘xtatdi.

Braziliya prezidenti Lula da Silva mintaqaga tashrif buyurib, hukumat yordamini va’da qildi.

Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, sovuq front o‘tgani sababli mintaqada ko‘proq yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Braziliya Milliy meteorologiya instituti yog‘ingarchilik intensivligi va chastotasining oshishini El Nino iqlim hodisasi bilan bog‘laydi. Ekstremal ob-havoga o‘rtachadan yuqori harorat, yuqori namlik va kuchli shamollarning kamdan-kam uchraydigan kombinatsiyasi sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring