Braziliyada kuchli toshqinlar qurbonlari soni 136 kishiga yetdi
Rio-de-Janeyro shtati qutqaruvchilari 15 fevral kuni ro‘y bergan ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida katta zarar ko‘rgan Petropolis shahrida omon qolganlarni qidirishni davom ettirmoqda. Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar toshqin oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 136 kishiga yetgan.
«Petropolisda qidiruv ishlari to‘rtinchi kundirki davom etmoqda. O‘t o‘chirish boshqarmasi hali ham tirik odamlarni loy va vayronalar ostidan qutqarish mumkin, deb hisoblamoqda. Departament tomonidan e’lon qilingan jami qurbonlar soni 136 kishiga yetdi»,— deyiladi OAV materialida.
Braziliya sud-tibbiyot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 22 nafar voyaga yetmaganlar ham bor. Shtat politsiyasiga ko‘ra, Petropolisdagi fojiali voqealardan keyin 213 kishi bedarak yo‘qolgan.
Seshanba kuni boshlangan kuchli yomg‘ir ko‘chki va suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Olti soatdan sal ko‘proq vaqt ichida har kvadrat metrga 260 litr yomg‘ir yog‘di. Bu fevral oyida Braziliyaning ushbu mintaqasida odatdagidan ko‘proq yog‘ingarchilik miqdori qayd etilganini ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter