Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya va Argentina yagona valyutaga o‘tmoqda

Braziliya va Argentina yagona valyutaga o‘tmoqda

Foto: Klix.ba

Kelayotganda haftada Braziliya va Argentina yagona valyuta yaratish bo‘yicha ishlar boshlanishini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu valyuta kelgusida Lotin Amerikasi mamlakatlarining umumiy pul birligiga aylanishi mumkin, deb xabar berdi Financial Times.

Braziliya yangi valyutani «sur» (janub) deb nomlashni taklif qildi. Hamkorlar Lotin Amerikasining qolgan mamlakatlarini ham dunyodagi ikkinchi yirik (yevrodan so‘ng) pul ittifoqiga qo‘shilishni taklif etishmoqda.

Buenos-Ayres (Argentina)da shu hafta bo‘lib o‘tadigan sammitda yangi valyutaning mintaqadagi savdo-sotiqni rivojlantirishdagi o‘rni va AQSh dollariga qaramlikni kamaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi, deb yozdi o‘z manbalariga asoslangan FT.

Yagona valyuta yaratish g‘oyasi 2019-yildan beri muhokama qilinayotgan, biroq Braziliya markaziy banki qarshilik bildirayotgandi. Endi esa ikki mamlakatda ham hukumat so‘l kuchlar qo‘lida, rejani qo‘llovchilar soni oshmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring