Braziliya sobiq prezidentiga taqiq qo‘yildi
Braziliya sudi sobiq prezident Jair Bolsonaruni 2030 yilgacha saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum qildi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
«Oliy saylov sudi beshta yoqlab berilgan va ikkita qarshi ovoz bilan Bolsonaruni 2030 yilgacha bo‘lgan saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi», — deyiladi hisobotda.
Bundan tashqari prokuratura Bolsonaruni o‘z vakolatini suiste’mol qilish va demokratiyaga tajovuzda ayblab chiqqan.
Natijada 2026-yilgi navbatdagi prezidentlik saylovlarida Bolsonaru nomzod sifatida ishtirok eta olmaydi.
Ta’kidlash joizki, 2022-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Bolsonaru amaldagi prezident Lula da Silvaga juda kichik farq bilan mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter