Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidentini ko‘chada ovqatlanishga majbur qilishdi

Braziliya prezidentini ko‘chada ovqatlanishga majbur qilishdi

Foto: «Daily.afisha.ru»

BMT Bosh assambleyasida (GA) ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yetib kelgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning shahar restoraniga kirishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shahardagi amaldagi sanitariya qoidalariga muvofiq, yopiq joylarga, shu jumladan, ovqatlanish muassasalariga tashrif buyurish uchun COVID-19 ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Shunga ko‘ra, vaksina olmagan Braziliya rahbari ko‘chada ovqatlanishga majbur bo‘ldi. Unga sog‘liqni saqlash vaziri Marselo Keyroga, turizm vaziri Jilson Machadu Neto hamda boshqa siyosatchilar hamrohlik qilishdi. Bolsonaru emlanmaganini immun tizimi koronavirusga qarshi tura oladigan darajada kuchli ekanligi bilan izohlagan.

Qayd etilishicha, delegatlarning BMT Bosh assambleyasi zaliga kirishi uchun emlashni tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi. Shunga qaramay, Nyu-York meri Bill de Blazio avvalroq dunyo rahbarlaridan shaharga kelishidan oldin emlanishlarini so‘ragan.

Jair Bolsonaru mamlakatdagi COVID-19 epidemiyasiga qarshi siyosati bilan tanildi. Davlat rahbari bir necha marta koronavirus xavfini past baholab, uning grippdan farqi yo‘qligini aytgan. Bundan tashqari, u shtat gubernatorlarini karantin choralarini yengillashtirishga chaqirgan. Hatto prezident shifoxonadan chiqqaniga ko‘p bo‘lishiga qaramay, jurnalistlar bilan gaplashishdan oldin niqobini yechib tashlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring