Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suiqasddan omon qolgan prezident azoblardan qutula olmayapti — Braziliya

Suiqasddan omon qolgan prezident azoblardan qutula olmayapti — Braziliya

Foto: «RIA Novosti»

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru qorin qismidagi og‘riq tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda kommunikatsiyalar vaziri Fabiu Fariaga asoslanib «TV Globo» xabar berdi.

Vazirning aytishicha, prezident o‘zini yomon his qilishni boshlaganidan so‘ng Braziliya qurolli kuchlari gospitaliga keltirilgan va tekshiruvdan o‘tmoqda.

Bolsonaru shifoxonaga keltirilishidan avval partiya tadbirida qatnashishi kerak edi. Tadbirga yolg‘iz kelgan uning rafiqasi Mishel Bolsonaru siyosatchining ahvoli yaxshi ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning sentyabridagi saylovoldi tadbiri chog‘i Bolsonaruga suiqasd qilingan: qorin qismiga pichoq urilgandi. O‘shanda uning ichak sohasida bir necha marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandi.

Jair Bolsonaru 2022-yilning yanvar oyi boshida va undan olti oy avval ham eski jarohati qo‘zg‘ab shifoxonaga tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring