Jair Bolsonaru koronavirusdan tuzaldi, ammo...
Ilgari «COVID-19»ga chalingani haqida xabar berilgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning so‘nggi testi manfiy chiqdi. Bolsonaru bu haqda «Twitter»da yozdi.
- RT-PCR para Sars-Cov 2: negativo.
— Jair M. Bolsonaro (@jairbolsonaro) July 25, 2020
- BOM DIA A TODOS. pic.twitter.com/CkdV59yGXP
Bolsonaru tvitida PSR-testi manfiy chiqqanini yozgan, ilova qilingan rasmida qo‘lida o‘sha test natijasini ushlab turibdi, bosh barmog‘i g‘olibona tepaga qaratilgan. Ammo Braziliya haqida bunday deyish qiyin...
Bolsonaru koronavirus pandemiyasi paytida juda ko‘p tilga tushgan davlat rahbarlaridan — mamlakatda sonsiz-sanoqsiz odamlar kasallikka chalinganida ham virusning borligini inkor etib keldi — to uni o‘z tanida his etib ko‘rmagunicha. Ko‘pchilik ekspertlar Braziliyada kasallar soni 2,2 milliondan oshib ketishi, 85 mingdan ziyod insonlar virus qurboniga aylanishida prezidentning «ishonmaslik siyosati»ni ayblashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter