Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidroksixloroxin bilan davolangan prezident: «Koronavirusdan hech kim chetda qolmaydi»

Gidroksixloroxin bilan davolangan prezident: «Koronavirusdan hech kim chetda qolmaydi»

Foto: RT

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru vaqti soati kelib hamma bu kasallikni yuqtirib olishini aytib, o‘z fuqarolarini koronavirusdan qo‘rqmaslikka chaqirdi. Bu haqda «Folha de Sao Paulo» nashri yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jair Bolsonaruning o‘zi ham koronavirusni boshdan o‘tkazgan.

«Men xavfli guruhdaman, hech qachon beparvo bo‘lmaganman, ammo bir kun kelib virusni yuqtirishimni bilardim, afsuski, o‘ylashimcha, sizlarning ham deyali barchangiz qachondir virusni yuqtirib olasizlar», — dedi 65 yoshli prezident Baje munitsipalitetida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda.

Bolsonaru har kuni turli sabablarga ko‘ra dunyodan o‘tayotganlarga achinishini, ammo bu hayot qonuni ekanini qo‘shimcha qilgan.

Prezident tashrifi chog‘i harbiy-fuqarolik maktabi hamda ijtimoiy turarjoylarni tantanali ochib, o‘zi davolangan gidroksixloroxin dorisining qutisini «reklama» qilishni ham unutmadi.

Kecha Braziliya prezidenti matbuot xizmati xabar tarqatishicha, Jair Bolsonaruning rafiqasi Mishel Bolsonaruda ham koronavirus aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring