Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti Bolsonaruda koronavirus simptomlari aniqlandi

Braziliya prezidenti Bolsonaruda koronavirus simptomlari aniqlandi

Foto: RBK

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruda koronavirus simptomlari aniqlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Buni «CNN Brasil»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan siyosatchi barcha uchrashuvlarni bekor qilib, gidroksixloroxin qabul qilishni boshlagan.

65 yoshli Bolsonaruning aytishicha, uning tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilib, kislorod darajasi 96 foizgacha tushib ketgan, shuning uchun u gidroksixloroxin qabul qilyapti. (Gidroksixloroxin koronavirusga qarshi yaxshi samara bermagani uchun JSST uning ustidagi sinovlarni to‘xtatgan — tahr.).

Prezidentda kasallik simptomlari aniqlanganidan so‘ng uning shu haftadagi barcha uchrashuvlari bekor qilindi.

Bolsonaru koronavirusga topshirgan yangi testining natijalari seshanba kuni chiqadi, magnit-rezonans tomografiya uning o‘pkasida muammolar yo‘qligini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Jair Bolsonaru koronavirusga qarshi keskin choralar ko‘rilishiga qarshi siyosati bilan tilga tushgan. Shaxsan o‘zi ham oradagi masofani saqlash, niqob taqish kabi oddiy qoidalarga amal qilmay odamlar orasiga kirib borishi ko‘p kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring