Braziliya pandemiyani yenggani ma’lum qilindi — OAV
Prezident Jair Bolsonaruning ta’kidlashicha, Braziliya koronavirus pandemiyasini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent» yozmoqda.
«Biz pandemiyani deyarli yengib bo‘ldik. Uning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun hukumat borini sarfladi», — Braziliya rahbari so‘zlarini keltirmoqda «O Globo» gazetasi.
Bolsonaru pandemiyaga qarshi kurashda hukumat qo‘llagan choralarni sanab o‘tdi. Xususan, kichik biznes kreditlar bilan qo‘llangan, 65 million kishiga yordam puli berilgan, hududiy va mahalliy ma’muriyatlarga kasallarga tibbiy yordam ko‘rsatishi uchun mablag‘lar o‘tkazib berilgan.
Bolsonaru hukumat yutuqlariga «ko‘z yumayotgan» mamlakat matbuotini tanqid qildi, holbuki, uning aytishicha, xorij OAVlari Braziliyani pandemiyadan eng kam talafot ko‘rgan mamlakatlardan biri sifatida tez-tez yoritishmoqda.
Ma’lumot uchun: Braziliyada pandemiya davrida koronavirusga chalinganlar jami soni 4 283 978 nafarga yetdi. 3 530 655 nafar bemor sog‘aygan, 130 474 nafari vafot etgan.
Koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha Braziliya jahonda (AQSh va Hindistondan so‘ng) uchinchi o‘rinda, o‘lim holatlari bo‘yicha (AQShdan keyin) ikkinchi o‘rinda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter