Braziliya ham Janubiy Amerika millatlari ittifoqini tark etadi
Dushanba, 15-aprel kuni Braziliya Janubiy Amerika millatlari ittifoqi (UNASUR) safidan chiqishini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu qaror e’lon qilinganidan so‘ng olti oy o‘tib — oktyabr oyida kuchga kiradi.
Avval uyushmadagi inqiroz sabab Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Peru va Argentina uni butunlay tark etishini e’lon qilgandi. Chili tashkilotdagi ishtirokini to‘xtatgan. Janubiy Amerika mamlakatlarining siyosiy va iqtisodiy uyushmasi sifatida 2008-yili asos solingan UNASUR tarkibida Boliviya, Venesuela, Urugvay, Surinam va Gayana qolmoqda.
Mart oyida Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Chili va Ekvador prezidentlari yangi mintaqaviy blok — Janubiy Amerikani rivojlantirish forumi (PROSUR)ga asos solishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter