Boyning o‘gay o‘g‘li bexosdan otasini o‘ldirib qo‘yganini tan oldi
Buyuk Britaniyaning eng boy odamlaridan biri, Londondagi Sheraton Grand va Athenaeum mehmonxonalarining xo‘jayini Richard Sattonning asrab olgan o‘g‘li Tomas Shrayber bexosdan o‘z otasini o‘ldirib qo‘yganligini tan oldi, deb yozadi Daily mail gazetasi sud majlisiga tayanib.
Satton shu yilning aprel oyida shahar tashqarisidagi hovlisida o‘ldirib ketilgan. Noma’lum shaxs tadbirkorning Dorset grafligida joylashgan uyiga bostirib kirib, pichoq bilan Satton va uning rafiqasiga tashlangan. Erkak olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan, ayol esa pichoqdan olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya hujumda gumon qilinayotgan 34 yoshli Tomas Shrayberni hibsga olgan. Keyinchalik Sattonni o‘ldirganlikda, shuningdek, uning qonuniy rafiqasini o‘ldirishga urinishda aybdorligi rasman e’lon qilindi.
«Millioner Richard Sattonning asrab olingan o‘g‘li Tomas Shrayber sudda qasddan odam o‘ldirish ayblovini rad etdi, lekin ehtiyotsizligi o‘limga sabab bo‘lganligiga iqror bo‘ldi. U Sattonning qonuniy rafiqasi, onasi Annani o‘ldirishga urinishda aybdorligini tan olmadi», — deb yozadi gazeta.
Keyingi sud majlisi 29-noyabrda bo‘lib o‘tadi, ungacha Shrayber hibsda saqlanadi.
Sattonning boyligi 301 million funt sterlingga baholanmoqda. Mehmonxonalardan tashqari tadbirkor boshqa ko‘chmas mulk va fermer xo‘jaliklariga ham egalik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter