Boris Jonson shifoxonadan chiqdi
Koronavirus bilan kasallanib shifoxonaga yotqizilgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga uyiga javob berildi. U 6-aprel kuni shifoxonaga yotqizilgan edi.
Jonson shahar tashqarisidagi qarorgohiga qaytgan. Bosh vazir Chekersda salomatligini tiklaydi. Vrachlar unga darhol ishga qaytmaslikni tavsiya qilishgan.
Boris Jonson St Thomas Hospital shifoxonasida ishlovchilarga minnatdorligini bildirdi. Hozir uning butun fikri koronavirusga chalinganlarda, deyiladi bosh vazir devonxonasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter