Bollivud yulduzi kinoni tark etib, COVID-19 bemorlariga yordamga shoshildi
Bollivud yulduzi Shixa Malxotra kinoni tark etib, COVID-19 bemorlarini qutqarish uchun hamshira sifatida ishlagan.
Qayd etishlaricha, 25 yoshli aktrisaning faoliyatida bir qancha muvaffaqiyatli loyihalar, jumladan, «Ishqiboz», «Yirtqichga qarshi» va «Ko‘rinmas olam» filmlari bor. Ammo uning jonajon Mumbay shahrida koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganda, hamshiralik diplomiga ega artist shifoxonada ko‘ngilli sifatida ishlay boshladi.
«Men, eng avvalo, hamshira, keyin esa aktrisaman. Hayot va o‘limni, baxt va qayg‘uni ko‘rib, o‘zgardim, yanada ulg‘aydim», — deydi Malxotra.
U COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni qutqargan hamshira onasi va boshqa tibbiyot xodimlarining hikoyalaridan ilhomlanib ko‘ngilli bo‘lishga ahd qilgan.
Ish paytida yulduzning o‘zi ham koronavirusga chalinib qoldi. Shu bois bir oy shifoxonada yotishiga to‘g‘ri keldi. Sog‘ayganidan ko‘p o‘tmay, insult bo‘lib qoldi. Aktrisa tanasining o‘ng tomoni falajlanib qoldi.
Ayni vaqtda Malxotra to‘liq tuzalgan. U aktrisalik karerasiga qaytish niyatida. Shu bilan birga, zarurat tug‘ilganda bemorlarga yordam berishni davom ettirishini ta’kidlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter