Boliviya davlat to‘ntarishi arafasida — Evo Morales
Boliviya prezidenti Evo Morales 27-oktyabr kuni o‘z fuqarolariga murojaat qildi. Bayonotda aytilishicha, qandaydir dushman kuchlar mamlakatda davlat to‘ntarishi uyushtirishga hozirlik ko‘ryapti, bu voqea mana shu haftadan boshlanib ketishi xavfi bor.
Morales qishloqlar aholisini o‘zi g‘olib chiqqan saylov natijalarini himoya qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari (Evo Morales) birinchi turda saylovchilarning 47,08 foiz ovozini to‘plagan, uning saylovdagi asosiy raqibi, mamlakatning sobiq prezidenti Karlos Mesa 36,51 foiz ovozga ega bo‘lgan, biroq mag‘lubiyatini tan olmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter