Bolalarni zo‘rlab o‘ldirgan qotil omma ko‘z o‘ngida qatl etildi
Isyonchi xusitlar bolalarning uchta qotilini ommaviy ravishda qatl etishdi. O‘lim jazosi Yamanning isyonchi guruhlar tomonidan nazorat qilinadigan hududida amalga oshirilgan, deya xabar bermoqda France 24.
Mahkumlar maydonning o‘rtasidagi gilamlarning ustiga qorni bilan yotqizib qo‘yilgan va har birining orqasidan o‘q uzilgan. Jasadlar gilamga o‘ralib, so‘ng maxsus sumkalarga joylangan va olib ketilgan. Shu bilan birga, harbiylar va politsiyadan tashqari, voqea guvohlari ham bo‘lgan, ularning aksariyati telefonda bo‘layotgan voqealarni video tasvirga olishgan.
Qatl qilinganlardan biri rafiqasi bilan janjallashib qolgandan so‘ng o‘z qizlarini cho‘ktirib o‘ldirganlikda aybdor deb topildi, yana ikkitasi 8 yoshli bolani zo‘rlab o‘ldirishgan. Bu 2018-yildan beri Xusitlar hududida omma oldida ijro etilgan birinchi qatl hisoblanadi. O‘shanda ular bolalarni o‘ldirish va zo‘rlashda aybdor deb topilgan uch kishini osib o‘ldirishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter