Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobosidan xabar olmagan nevaralar merosdan deyarli quruq qolishdi

Bobosidan xabar olmagan nevaralar merosdan deyarli quruq qolishdi

Britaniyalik Frederik Uordning boyligi 500 ming sterlingga baholangan.   91 yoshida vafot etgan qariyaning qarindoshlari yaxshigina merosdan umidvor edilar.

Frederik Uord vafotidan oldin bu pulni  farzandlari – Terri Uord va Syuzan Uiltshir o‘rtasida taqsimlagan. Ammo ba’zi qarindoshlar uchun bu taqsimot adolatsiz bo‘lib tuyuldi. Gap shundaki, Frederikning yana bir marhum o‘g‘lidan beshta nevarasi bor edi. Bu nevaralarning barchasi atigi 50 funt olishdi. Biroq, marhum boboning bu harakati nevaralar uchun kamsitishdek tuyuldi. Frederik o‘z vasiyatnomasini tuzayotganda, nabiralari u bilan muloqot qilmagani va uchrashmagani, hatto kasalxonada yotgan bobosini bir bor yo‘qlamaganliklari uchun jazolamoqchi ekanligini ta’kidlagan.

Xafa bo‘lgan nevaralar Terri amaki va Syuzan xola bobosini ularga qarshi qo‘yganini, meros teng bo‘linishi kerakligini isbotlash uchun sudga murojaat qilishdi, biroq sudya da’vogarlar tarafida bo‘lmadi. Sud vasiyatnomaning bosim ostida yozilganiga dalil yo‘qligini aniqladi, ya’ni Frederik pulni o‘zi xohlaganicha tasarruf qilgan. Nevaralar 50 funtlik «boylik»  bilan qanoatlanishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring