BMT Xavfsizlik kengashi Falastinning arizasini rad etdi
BMT Xavfsizlik kengashi qo‘mitasi Falastinni xalqaro tashkilot (BMT)ga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi falastinliklarning yangi arizasini qabul qilmadi. Garchi qo‘mita a’zolarining uchdan ikki qismi falastinliklarning arizasini yoqlagan bo‘lsa-da, besh nafar a’zosi ularga qo‘shilmadi. Bu haqda ayni paytda Xavfsizlik kengashida raislik qilayotgan Maltaning BMTdagi doimi vakili Vanessa Freyzer bayonot berdi.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, qo‘mita BMTga a’zolik to‘g‘risidagi arizani faqat konsensus asosida (bir ovozdan) qabul qila oladi. Bu shuni anglatadiki, qo‘mita falastinliklarning arizasini ovozga qo‘yish uchun tavsiya bera olmaydi. Ayni BMT Xavfsizlik kengashining har bir a’zosi ko‘rib chiqish uchun tegishli rezolyusiyani kiritish huquqiga ega.
Diplomatlarga ko‘ra, kelayotgan haftada Jazoir shunday rezolyusiyani taqdim etishni rejalashtiryapti, biroq uni Isroilning BMT Xavfsizlik kengashidagi yaqin ittifoqchisi — AQSh veto bilan to‘xtatishi mumkin. AQSh va yana ayrim davlatlar falastinliklar avvalo Isroil bilan tinchlikka erishishi shart, degan talabni qo‘yishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter