Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT xalqaro sudi Isroilga talab qo‘ydi

BMT xalqaro sudi Isroilga talab qo‘ydi

Xalqaro sud Isroilga G‘azodagi Rafahga hujumini to‘xtatishni buyurdi.

Sud, Falastin xalqi uchun «muvofiq xavf»ni ko‘rsatib, Rafahdagi harbiy hujum va boshqa faoliyatlarini zudlik bilan to‘xtatishga qaror qildi.

Sudya Salamning aytishicha, Xalqaro sud Isroilga Rafahdagi hujumini to‘xtatishni buyuradi, chunki hozirgi vaziyat g‘azoliklarning huquqlariga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazish xavfini oshiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro sud o‘zining avvalgi qarorlarini chiqarganidan keyin vaziyat o‘zgargan va ish bo‘yicha yangi favqulodda choralar ko‘rish shartlari bajarilgan.

Tashkilot, shuningdek Isroilga bir oy muddatda sudga bugun buyurilgan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan hisobot taqdim etishni buyurdi.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Gaagadagi xalqaro sud prokurori Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish bo‘yicha order talab qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring