BMT rahbari: «Rossiya BMTning muhim a’zosi»
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterresh Moskva shahrida Vladimir Putin bilan uchrashuvida Rossiyani BMTning muhim a’zosi deya ta’rifladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Moskva ko‘pqirrali dunyoda o‘xshashi yo‘qdir», – degan Antonio Guterresh.
Guterresh Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi raisligi haqida gapira turib, bir oy ichida Ukraina va Yaqin Sharq bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar rejalashtirilayotganini aytgan.
«Albatta, biz BMT asoschilaridan bir sifatida Rossiyaning o‘rni alohida ekanini ta’kidlaymiz. Bugun Rossiya qo‘pqirrali dunyoda o‘xshashi yo‘qdir», – degan Guterresh.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter